avatar
Куч
63.72
Рейтинг
+24.01

giyosiddin

Мақолалар

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA ASOSLANGAN SWIFT TO’LOV TIZIMI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Илм-фан

X.O’.Raxmatov (Toshkent moliya instituti, i.f.n.)

O.U.Nurimov (TATU, 1-kurs magistranti)

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil  30 mayda qabul qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g’risida»gi farmonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan.

Kompaniyalar katta hajmdagi axborot oqimini to'plash va qayta ishlash, biznes-jarayonlar, moliyaviy, moddiy, nomoddiy, mehnat hamda boshqa resurslarni hisobga olish va nazorat qilishni ta'minlash jarayonlarini avtomatlashtirishga ehtiyoj sezmoqda. Jadal rivojlanib borayotgan elektron tijoratda tomonlar o'rtasidagi bitimlar Internet tarmog’idan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Ma'lumotlar va telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro tarmoq tashkil etilmoqda. U to'lovlarni o'tkazish, aktivlarni boshqarish va ma'lumotlar bilan ta'minlash bo'yicha kompleks xizmat ko'rsatadi. Ular ichida HEBS (Hexagon Electronic Banking System) kabi mashhur tarmoqlar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog’i SWIFT hisoblanadi. Bu tizimga qo'shilgan har qanday bank o'zini jahon moliya uyushmasining to'liq a'zosi deb hisoblashi mumkin. SWIFT — o'tgan asrning 70-yillaridan buyon ishlatilmoqda.

SWIFT so’zi — «Xalqaro banklararo telekomunikatsiyalar jamiyati» ma'nosini anglatadi va a'zo banklar o’rtasida ma'lumot yuboruvchi vosita xizmati vazifasini bajaradi.

1973 yil Еvropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiya — SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications)ga asos soldilar. Jamiyatning vazifasi — yagona bank xabarlari tizimini yo'lga solish va qo'llab-quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning har qanday nuqtasidagi moliyaviy ma'lumotlarga standart shaklda kirish imkonini beradi. SWIFT Xalqaro tarmog’i 1977 yildan boshlab faoliyat ko'rsata boshladi. Ma'lumotlar tarmoq bo'yicha standartga muvofiq strukturalashtirilgan ma'lumotlar ko'rinishida uzatiladi.

SWIFT tarmog’i standartlarida uzatiladigan ma'lumotlarning kategoriyasi, guruh va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni qo'llab-quvvatlaydi. Standartlarni jahon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biri. Bu narsa moliyaviy muassasalarga hujjatlar bilan almashish va nizo hamda xatolardan qochish imkonini beradi. Hozirda tarmoq asosini uchta kommunikatsiya stansiyalari tashkil etadi. Ular Amsterdamda (Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kalpepereda (AQSH) joylashgan.

Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori, qimmatbaho qog’ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat ko'rsatish, xalqaro to'lovlarni amalga oshirish kabi muhim moliyaviy faoliyat sohalarida ma'lumotlar bilan tezkor almashuvni ta'minlamoqda.

SWIFT foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

ü    tarmoq  axborotlarni uzatishda fizik, texnik va tashkiliy  usullar orqali to'liq havfsizlikni ta'minlaydi;

ü    axborotlarni uzatishning ishonchliligi mavjud va aloqalar arzon narhda;

ü    Jahonlning istalgan nuqtasidan axborotlarni tez uzatish imkoniyati mavjud bo'lib, bu axborotlarni uzatish 20 minutni tashkil etadi. Axborotlarning zaruriyatiga qarab bu muddat 1-5 minutni tashkil etishi mumkin;

ü    barcha to'lov xujjatlari bir andozada bo'ladi. Bu esa, ma'lumotlarni ishlashda engilliklar tug’diradi;

ü    SWIFT o'z foydalanuvchilari uchun moliyaviy himoyani kafolatlaydi. Agar SWIFTning aybi bilan kun davomida belgilangan joyga to'lov etib bormasa, shu to'lov bilan bog’liq barcha xarajatlarni tarmoq  o'z zimmasiga oladi.

SWIFTga a'zo bo'lish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu bosqichlar quyidagilarni o’z ichiga oladi.

        Birinchi bosqichda jamiyat a'zoligiga kirish va bankning tarmoqqa qo'shilish uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshishi. Bu bosqichda a'zolik bo'yicha ariza taqdim etiladi, jamiyatning muomala xarajatlari uchun to'lovlarni o'tkazadi.

        Ikkinchi bosqichda bankning tarmoqqa ulanishi bilan bog’liq  masala hal etiladi. Bu barcha teхnik masalalar, shuningdek, bank telekommunikatsiya uskunalarini harid qilish va ushbu tarmoqda ishlash uchun hodimlarni tayyorlash, ya'ni o'qitish ishlarini amalga oshish masalalari hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda SWIFTdan 209 ta davlatning 9000 ta banklari va bank bo'lmagan moliya tashkilotlari foydalanadilar. Bulardan 6000 tasi banklar hisoblanadi. Bu bank va moliya tashkilotlari joylashgan hududlardan qat'iy nazar 365 kun davomida kecha-kunduz bir-biri bilan aloqa o'rnatishi mumkin. Hozir SWIFT orqali bir kunda 5 million moliyaviy axborot uzatiladi. Asosiy ofisi Bryusselda joylashgan.

Mamlakatimizdagi mavjud 30 dan ortiq tijorat banklari orasidan 20 tasi SWIFT to’lov tizimining a’zosidir. Bugungi kunda SWIFT to’lov tizimidan nafaqat bank muassasalari balki, su’g’urta  tashkilotlari, aloqa kompaniyalari, hukumat idoralari va boshqa ko’plab tashkilotlar bu tizimdan foydalanmoqdalar.

Bugungi kunda elektron xujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga aylandi. Turli xujjatlar bilan faol ishlashda ertami, kechmi katta hajimdagi axborotni tashish, qayta ishlash hamda xavfsiz saqlash muammosi yuzaga keladi. Elektron xujjat aylanishi tizimidan foydalanish orqali qog’oz xujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko’plab tashkiliy va texnologik cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa xujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshiradi, boshqarish sifatini yaxshilaydi hamda  axborotni ishonchli himoya qilishni ta'minlash imkonini beradi. Xuddi shunday xususiyarlarni SWIFT to’lov tizimi o’zida aks ettirgan.

  1. Raxmatov Hasan O’tkirovich

  2. Toshkent moliya instituti, “Menejment va marketing” kafedrasi o’qituvchisi, i.f.n.

  3. Mail: zeoneo@inbex.uz

  4. Tel.: (+99893)5333331

  5. 8-seksiya:  “O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining iqtisodiy masalalari”

1. Nurimov Orif Umarjonovich

2. TATU, “ Iqtisod va boshqaruv” fakulteti, 102-12 MIu guruh talabasi

3. Mail: nur7075@mail.ru

4. Tel.: (+99894)4808068

5. 8-seksiya:  “O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining    iqtisodiy masalalari”

BANKLAR TIZIMI BARQARORLIGINING GAROVI–BU SAMARALI BANK NAZORATIDIR

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Илм-фан

BANKLAR TIZIMI BARQARORLIGINING GAROVI – BU SAMARALI BANK NAZORATIDIR

Abduvohidov Farrux Nosirovich, TATU, IBF 2-bosqich talabasi

«Jahon moliyaviy inqirozining xar bir Mamlakatga ta'siri, undan

ko’riladigan Zararning darajasi va ko'lami birinchi navbatda

shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog'li

 barqaror  va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari

 qanchalik kuchli ekaniga bog’liqligini isbotlashga xojat yo'q»

Islom Karimov

Mustaqillik yillarida mustahkam bank tizimini shakllantira oldik, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bunga jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqirozlarning yurtimiz bank tizimiga ta’sir qilmaganligini hamda ushbu holatning dunyo hamjamiyatida katta obro’ga ega bo’lgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan xam e’tirof etilayotganligini dalil sifatida keltirishimiz mumkin.

Respublikamiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tarkibiy o’zgartirish bo’yicha aniq yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida xizmat ko’rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi oxirgi olti yil mobaynida 38,7 % dan 50,5 % ga o’sdi. Axborot-kommunikatsiya, bank, sug’urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam suratlar bilan rivojlanmoqda.

O’tgan yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish surati 8,3 % ni tashkil etdi, 2012 yilning birinchi yarmida esa 8,1 % foizni tashkil qilib, 2000-2011 yillar davomida 2,1 barobarga oshdi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi.

O’z navbatida, mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi bilan birgalikda bank faoliyati xam takomillashib bormoqda, respublikamiz banklari tomonidan mijozlar uchun zamonaviy bank xizmatlari tez sur’atlarda joriy qilinmoqda.

Bugungi kunda axborot texnologiyalarini qo’llagan holda juda ko’p bank operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mijozlarning joylashgan joyidan qat’i nazar, banklar aloqa vositalari orqali uzoq masofadan turib ularga xizmat ko’rsatmoqdalar. Texnologik rivojlanishdagi yutuqlar tufayli bank operatsiyalarini amalga oshirishda geografik omil ta’siri kamayib, bank xizmatlari hajmi kengaymoqda.

Qayt etish lozimki, bank faoliyati tarixan qattiq tartibga solinadigan va nazoratga olinadigan iqtisodiy faoliyatlardan biri hisoblanib, ularni nazoratga olish va tartibga solish vositalari xam bank faoliyati bilan birgalikda doimiy takomillashib borishi lozim. Bank nazorati -  davlat tomonidan bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, omonatchilar, kreditorlar va mijozlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyat yo’nalishi hisoblanadi.

Bank nazorati amaliyotini xalqaro andozalarga va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda tashkil etish maqsadida, 1996 yildan boshlab Respublika Markaziy Banki Jahon banki va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda bank nazoratini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ustida ish olib bora boshladi.

Respublikada bank nazorati tizimini samarali shakllantirish maqsadida “Barents Grupp” va “IBTCI” xalqaro maslahat xizmatining yuqori malakali xodimlari jalb etildi.

Jahonda yuz berayotgan oxirgi moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlari mamlakatimiz tijorat banklariga ta’sir etmaganligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan bank tizimi barqarorligini oshirish borasida va bank nazoratiga oid qabul qilingan qarorlarning nechog’li to’g’ri ekanligini yana bir bor isbotladi.

Bundan tashqari, mazkur erishilgan ko’rsatkichlar 2011 yil 7-yanvarda Yurtboshimizning “2011-2015 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirish bo’yicha mezonlar va baholash tizimini belgilash hamda amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar Dasturi to’g’risida”gi qarori bilan belgilangan Baholash tizimiga asosan baholaganda xam ijobiy natijani bermoqda.

Avvalgi yillarda xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror” reytingini olgan tijorat banklari soni 13-15 tani tashkil qilgan bo’lsa, bugungi kunda, ularning soni 26 taga yetib, bank tizimi jami aktivlaridagi salmog’i 98% dan oshib ketti.

Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan xam “O’zbekiston bank tizimi global moliyaviy inqiroz ta’sirlariga yaxshi bardosh berganligi, shu bilan birga O’zbekiston hukumati bank nazoratini yanada takomillashtirish va bank tizimi ishonchliligini mustahkamlash masalalariga jiddiy e’tibor berayotganligi” qayd etilgan holda, O’zbekiston bank tizimi barqaror rivojlanib borayotganligi bir necha bor e’tirof etildi.

Davlatimiz rahbarining 2009 yilda chop etilgan “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarlarida “...global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini hamda banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo’qligini tasdiqladi...” deya ta’kidlab bildirgan fikrlari ham bank nazoratining doimo takomillashtirib borish zarurligidan dalolat beradi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz bank nazorati tizimini rivojlantirish, uni eng zamonaviy talablar darajasida tashkil etish orqali kelajakda moliya-bank tizimini barqarorligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda ulkan marralarga erishiladi.

Respublikamizda oqilona va ta’sirchan bank nazoratini amalga oshirilishi, bir tarafdan, banklarning o’z faoliyatini to’g’ri tashkil etishlariga, xususan ularning moliyaviy barqarorligining mustahkamlanishiga ijobiy tasir ko’rsatadigan bo’lsa, ikkinchi tarafdan moliya bozorida erkin raqobat muhitining vujudga kelishiga xizmat qiladi va shu bilan birga, mamlakatimiz banklarining xalqaro miqyosda munosib o’rin egallashlariga  munosib zamin yaratadi.

BANKLAR TIZIMI BARQARORLIGINING GAROVI-BU SAMARALI BANK NAZORATIDIR

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Илм-фан

BANKLAR TIZIMI BARQARORLIGINING GAROVI – BU SAMARALI BANK NAZORATIDIR

Abduvohidov Farrux Nosirovich, TATU, IBF 2-bosqich talabasi

«Jahon moliyaviy inqirozining xar bir Mamlakatga ta'siri, undan

ko’riladigan Zararning darajasi va ko'lami birinchi navbatda

shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog'li

 barqaror  va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari

 qanchalik kuchli ekaniga bog’liqligini isbotlashga xojat yo'q»

Islom Karimov

Mustaqillik yillarida mustahkam bank tizimini shakllantira oldik, desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bunga jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqirozlarning yurtimiz bank tizimiga ta'sir qilmaganligini hamda ushbu holatning dunyo hamjamiyatida katta obro’ga ega bo’lgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan xam e’tirof etilayotganligini dalil sifatida keltirishimiz mumkin.